“O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi tomonidan muallif Ismoil Shomurodovning “Matiz’ning sarguzashtlari” nomli ko‘p qismli multfilm ssenariysi ma’qullandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “O‘zbekkino”

Ushbu animatsion filmning qahramonlari — O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar bo‘lib, unda bosh qahramon — kichkintoy Matiz bilan bog‘liq turli qiziqarli sarguzashtlar hikoya qilinadi.

Xabar berishlaricha, filmni tayyorlashda Abdulatif Haydarov boshchiligidagi animatorlar guruhi hamda rassom Zilola Hamidova ijod qilmoda.

Hozirda multfilmning dastlabki oltita qismi bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. 2018-yil oxiriga qadar ushbu yangi multfilmni bolajonlar e’tiboriga taqdim etish rejalashtirilgan.