Doim shoshilib yuruvchi, hatto ish vaqtida ham “bugun bolajonlarim uchun nima tayyorlab bersam ekan”, — degan o‘y bilan yuruvchi onajonlarimizga salom. Bugun shanba, demak, shirintoylarimiz bizdan qandaydir mazali pishiriq kutishlari bor gap.

Desert.uz. Farzandingizga biror shirinlik tayyorlash istagi bo‘lsa, biz sizga “Ulitka” pirogini taklif etamiz

Bugun sizlar bilan tayyorlash oson bo‘lgan keks ustida ishlab ko‘rsak, nima deysiz? Biz uyda uni apelsinli xushbo‘y keks deb ataymiz.

Bizga kerakli masalliqlar

  • 2 dona tuxum
  • 200 gramm qaymoq (yoki smetana)
  • 1 stakan shakar
  • 1—1,5 stakan un
  • 1 stakan yong‘oq
  • 1 dona apelsin
  • 2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
  • Vanil (ta’bga ko‘ra)

Foto: “Daryo”

Qanday tayyorlaymiz?

Birinchi galda idishimizga 2 ta tuxumni chaqib, uni 1 stakan shakar bilan to shakar eriguncha ko‘pirtirib olamiz.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Keyin esa massamizga 200 gramm qaymog‘imizni, unni va qabartmani solib, aralashtiramiz.

Foto: “Daryo”

So‘ng mayda qirg‘ichdan o‘tkazilgan apelsin po‘stini hamda shu apelsin suvini (sok) qo‘shamiz. Quyuq smetana holiga kelgan xamirimizga vanil hamda maydalab olingan yong‘og‘imizni ham solamiz va aralashtiramiz.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Keks uchun tayyorlab qo‘yilgan qolipimizga xamirimizni solib, avval 10 daqiqa davomida 160 gradusda, so‘ngra 180 gradusda yana 30—40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Foto: “Daryo”

Tayyor keksimizni xohishga ko‘ra eritilgan shokolad yoki glazur bilan bezatishimiz ham mumkin.

Foto: “Daryo”

Bizning xushbo‘y apelsinli keksimiz tayyor bo‘ldi. Umid qilamanki, u oila-a’zolaringiz va ayniqsa, mittivoylaringizga manzur bo‘ladi.

Sizga yoqimli ishtaha tilab, hurmat bilan @YaMamulya