16-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax samimiy qutladi.

Foto: MOQ

Tomas Bax oldindagi to‘rt yillik Umid Ahmadjonov uchun omadli kelishini istagan. Shuningdek, MOQ va XOQ o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqishiga umid bildirib qolgan.

22-yanvar kuni, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi hamda Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh ham Umid Ahmadjonov nomiga o‘z tabriknomasini yubordi. Maktubda aytilishicha, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Osiyoda sport harakatini rivojlantirish va uning g‘oyalarini ilgari surishda As-Saboh boshchilik qilayotgan tashkilotning eng yaqin hamkoriga aylanib ulgurgan. Ahmadjonovning yangi prezident etib saylanishi bu boradagi rishtalarni yanada mustahkamlashiga umid bildirib qolingan.

Foto: MOQ

Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligidan tashqari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti sifatida ham faoliyat olib boradi.