Gavayi shtati favqulodda vaziyatlar xizmatining tugmani adashtirib, aholiga ballistik raketa yaqinlashayotganligi haqidagi yolg‘on xabarni yo‘naltirgan xodimi federal tergov va ichki surishtiruv bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda. Bu haqda, Fox News telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Yolg‘on signalni uzatgan xodim surishtiruvimiz bilan hamkorlik qilishdan bosh tortayotganligidan hafsalamiz pir bo‘ldi”, — deydi Aloqa bo‘yicha federal komissiya vakili Lisa Folks. U mazkur shaxs o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishiga umid qilishini qo‘shimcha qildi.
Gavayi orollariga ballistik raketa yaqinlashayotganligi haqidagi ogohlantirish 13-yanvar tongida shtat aholisi mobil telefonlariga tarqatilgan edi. Bu aholi orasida sarosimaga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)