Misr poytaxti Qohira shahrida Ramzes II ning ulkan haykali ko‘chirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: “Gazeta.ru”

Yoshi uch ming yildan ortiq, vazni 83 tonna, balandligi esa 11 metr bo‘lgan haykal Gizadagi piramidalar kompleksida joylashgan. U maxsus tirkamaga ortilgan va 400 metrga ko‘chirish uchun mustahkam mahkamlangan. Qadimiy yodgorlik unga nisbaan og‘irlikni kamaytirish maqsadida vertical holatda ko‘chirilgan. Haykal olib o‘tiladigan yo‘l oldindan mustahkamlangan va tekislangan, shuningdek, uning og‘ir haykalni ko‘tara olishiga ishonch hosil qilish uchun simulyatsiya ham o‘tkazilgan.

Haykal Katta Misr muzeyining kirish qismiga o‘rnatiladi. Pushti granitdan yasalgan haykal Memfida topilgan va 1954-yilda Qohiradagi vokzal maydoniga o‘rnatilgan. Haykalga poyezdlar harakati natijasida yuzaga keladigan tebranishlar zarar yetkazmasligi uchun uni Giza platosiga ko‘chirishga 2006-yilda qaror qilingan. Haykalning nusxasi Qohira aeroportia olib boruvchi yo‘lda o‘rnatilgan.