AQSh Moliya vazirligi 25-yanvar, payshanba kuni “Haqqoniy tarmog‘i” terrorchilik guruhi va “Tolibon” radikal harakati bilan aloqasi tufayli olti kishiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi, deb yozadi “TASS”.
Olti kishining barchasi Afg‘oniston fuqarosidir. Abdul Samad Sani 2017-yil boshida toliblarga qurol yetkazib bergan. Hozir u Pokistonda.
Bundan tashqari, ro‘yxatga Abdul Basir va Hafiz Muhammad Popalzay ham kiritilgan. Ularning har ikkalasi turli lavozimlarni egallab, “Tolibon” moliyaviy masalalarini yuritgan. Inoyatulla Kabuldagi afg‘on kuchlari va koalitsiya qo‘shinlariga hujumlarda qatnashgan. Farik Muhammad va Gula Xan Hamidiy “Haqqoniy tarmog‘i”ga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatgan.
Izoh (0)