26-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi elchisi Kristofer Allanni qabul qildi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston – Buyuk Britaniya kun tartibidagi ayrim masalalar, ilgari erishilgan kelishuvlarni tadbiq etishning amaliy jihatlari, shuningdek, tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi bo‘lajak uchrashuvlar ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)