iDropNews nashri so‘nggi mish-mishlarga asoslanib, iPhone XI renderlarini yaratdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Avvalroq yangi avlod iPhone smartfoni dizaynida kichik o‘zgarishlar kutilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

iPhone X (chapda) va iPhone XI (o‘ngda). Foto: “Gazeta.ru”

ET News ichki manbalariga tayanib xabar berishicha, Apple yuzni tanib olish funksiyasini old kameraga kiritadi, bu esa ekranning tepa qismida turtib chiqqan kesimni kamaytirish imkonini beradi. iPhone X’da esa 3D-skanerlash uchun alohida True Depth kamerasi javob beradi.

Foto: “Gazeta.ru”

Bundan tashqari, yangi avlod iPhone’i renderlarida SIM-karta uchun ikkita slot bor. Ikki SIM-kartali Apple smartfoni chiqarilishi mumkinligin haqida KGI tahlilchisi Min Chi Kuo aytib o‘tgan edi.

Shuningdek, iDropNews dizaynerlari qurilma romlarini ingichkalashtirdi. Romsiz ekran — so‘nggi yillarning flagmanlaridagi bosh tendensiya.