AQSh prezidenti Donald Tramp 24-yanvar, chorshanba kuni maxsus prokuror Robert Myullerga qasamyod qilib ko‘rsatma berishga tayyor ekanligini bildirdi. Myuller Amerikaning 2016-yilgi saylovlariga Rossiya aralashuvi yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Amerika yetakchisi Oq uyda jurnalistlar savollariga javob bera turib mazkur bayonotni ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Haqiqatan ham buni sabrsizlik bilan kutyapman. Buni qasamyod qilib amalga oshirardim. Buni imkon boricha tezroq qilishni istardim”, — dedi Tramp Myullerga ko‘rsatma berish ehtimoli haqida.
Prezidentning so‘zlariga qaraganda, suhbat ikki yoki uch haftadan so‘ng amalga oshishi mumkin. Shu bilan birga u uchrashuv oldidan o‘z advokatlari bilan maslahatlashib olishini ta’kidladi.
Izoh (0)