Sankt-Peterburgda Rossiya xalq artisti Lyudmila Senchina 67 yoshda vafot etdi. Bu haqda uning, prodyuseri Vladimir Andreyevning so‘zlariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “Interfaks”

Bir yarim yil og‘ir kasallik bilan kurashgan Senchina shifoxonada vafot etdi.

Senchina “Moviy olov” Yangi yil dasturida ijro etgan “Zolushka” qo‘shig‘i bilan tanilgan.

Lyudmila Senchina “Qurollangan va juda xavfli”, “Yarmarkadan so‘ng”, “Sehrli qudrat” kabi filmlardagi rollar ijro etgan.