Hindiston sharqiy sohili yaqinidagi Hind okeanida 25-yanvar, payshanba kuni 5,9 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Zilzila epimarkazi Moxean orolidan 172 kilometr masofada, uning o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda joylashdi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmadi.
Izoh (0)