Robotexnika texnologiyalari insoniyatga Oy va Marsda yaqin 10 yil ichida bazalar qurishni boshlash imkonini beradi. Bu haqda Sankt-Peterburgdagi robototexnika va texnik kibernetika instituti direktori va bosh konstruktori Aleksandr Lopota ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”. 

Foto: NASA

“Oy va Marsga missiyalar istiqboli yaqin o‘n yillikning masalasi. Hozirda butun dunyoda shunday texnologiyalar sinovdan o‘tkazilmoqda va Rossiya ham bundan istisno emas. Oy va Marsga bo‘lajak parvozlarda qo‘l keladigan o‘nlab texnologiyalar asosi yaratilgan. Bazalarga kelsak, u yerda avval tegishli infrastrukturani moslashtiradigan robotlardan foydalaniladi, deb o‘ylayman”, — dedi Lopota. 

Ekspertga ko‘ra, boshqa sayyoralarga parvozlarni kamida 50-70 yildan keyin amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi.