Biz siz uchun sochlarni tez va ularga yaltiroqlik, hajm va haqiqiy go‘zallik baxsh etuvchi sog‘lom quritishning muhim qoidalarini to‘pladik. Xo‘sh, siz sochlarni yuvdingiz — endi esa quritishga kirishamiz.

Foto: Depositphotos

1-qoida: sochlarni ehtiyotlab sochiq bilan siqing

Birinchi qiladigan ishingiz — sochlardagi ortiqcha namlikni ketkazish. Namlik ta’sirida sochlarning himoya qatlami shishadi, bu esa o‘ta mo‘rtlikka olib keladi va sochlar uchining yorilish xavfini oshiradi. Shuning uchun, suv bilan aloqa qancha kamroq bo‘lsa, shuncha yaxshiroq bo‘ladi.

Yaxshisi namlikni yumshoq, yaxshi shimib oladigan mikrofibrali sochiq bilan artish kerak. Sochlarni artishda hech qachon ishqalamang.

2-qoida: fen ishlatishdan voz kechmang

Bu g‘alati tuyulishi mumkin, lekin fen ishlatish sochlarning salomatligi nuqtai nazaridan — o‘zi mustaqil ravishda qurigandan ko‘ra ancha to‘g‘ri qaror. Buning sababi yuqorida eslatib o‘tganimizdek: sochlar uchun suv bilan aloqa qancha kamroq bo‘lsa, shuncha yaxshiroq bo‘ladi.

3-qoida: issiqlikdan himoya qiluvchi vositalardan foydalaning

Ular sochiq bilan artilgan sochlarga suriladi. Bunday sprey, ko‘pik yoki losyonlar bir yo‘la bir nechta vazifalarni bajaradi. Birinchidan, ular sochning ichidagi namlikni tegishlicha taqsimlaydi. Ikkinchidan, har bir soch tolasining qurib ketish yoki qizib ketish xavfini kamaytirish uchun ularni o‘rab turadi.

4-qoida: salqin havo rejimida quriting

Issiq havoning afzalligi shundaki, u ortiqcha namlikni tez bug‘lantiradi. Bunday tarzda quritilgan sochlar quruq bo‘lib qoladi, lekin yaxshi turmaklanadi.

Yuqori haroratning salbiy tomonlari ham bor: issiq havo ortiqcha namlikni ketkazish bilan birga sochlarning shikastlanishiga ham olib keladi. Bundan tashqari, tez bug‘lantirilgan namlik soch kutikulalari qoplamalarini ko‘tarib yuboradi, bu esa sochlarning yanada mo‘rtlashishiga va xira tortib qolishiga sabab bo‘ladi.

Aynan shuning uchun sartaroshlar fendan imkoni boricha salqin rejimda foydalanishni tavsiya qiladi.

Manba: Heroine