Joriy yilning 1—3-fevral kunlari Toshkent shahrida I Respublika xattotlik festivali o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Hikmatlar olami” nomi ostida o‘tkaziladigan festival xattotlarning ishlarini keng yoyish, ularni keng tanishtirish, ijodini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan.

Festival poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadi.