Norvegiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Germaniyadan xalqaro olimlar guruhi havodagi ifloslantiruvchi moddalarni yo‘qotish global isishni chuqurlashtirishi mumkin degan xulosaga keldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Olimlar iqlimning global o‘zgarishi to‘rtta modelini yaratdi. Ular aerozollar (sulfatlar va qurum) yo‘qolishini imitatsiya qildi. Ifloslantiruvchi moddalar Yerga yetib keladigan quyosh radiatsiyasi bir qismini bloklashi aniqlandi. Ularni yo‘qotish atmosferaning issiqlik energiyasini ko‘proq yutishini kuchaytiradi.
Bu jarayon oqibatida atmosferaning o‘rtacha harorati Selsiy bo‘yicha 0,5—1,1 darajaga ko‘tariladi. Bu esa, o‘z navbatida, qurg‘oqchilik va suv toshqini kabi tabiiy ofatlar sonini oshiradi.
Izoh (0)