O‘tgan yilning iyulida RED kompaniyasi o‘zining texnologik mo‘jizasi — Hydrogen One smartfonini taqdim etib, uni 2018-yilda bozorga chiqarishga va’da bergan edi. Kuni kecha kompaniya uning innovatsion qurilmasi shu yil yozida do‘konlar peshtaxtalarida paydo bo‘lishini tasdiqladi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Hydrogen One pogo pin tizimiga asoslangan modulli smartfon bo‘lib, u 4V rejimida “3D’dan yaxshiroq” tasvirlarni hosil qiluvchi golografik displeyga ega. Shuningdek, smartfonning an’anaviy 2D rejimdagi 5,7 dyuymli va 2560×1440 pikselli displeyidan ham foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, qurilma Qualcomm Snapdragon 835, 4500 mA/soat, naushniklar uchun slot, USB Type-C va ikkita SIM-karta uchun slot bilan jihozlanadi. Foydalanuvchilar unda 4V’da 3D video suratga olishi mumkin.

Hydrogen One’ning alyuminiydan yasalgan versiyasi 1200 dollar, titandan yasalgani esa 1600 dollar turadi.