Juda mazali pishiriq. Ta’bingiz biron-bir mazali shirinlik istaganda choy yoki qahvaga juda yaxshi qo‘shimcha bo‘la oladi. Tayyorlash usuli juda oson.

Foto: “Edimdoma.ru”

Asosiy masalliqlar

bo‘g‘doy uni 200 g

yong‘oq 200 g

shakar 150 g

sariyog‘ 130 g

tuxum 2 dona

yumshatgich 10 g

dengiz tuzi 3 g

shakar kukuni 25 g

vanil ekstrakti 1 tomchi

Duxovkani oldindan 180°C gacha qizdirishga qo‘ying. 100 g yong‘oqni kukundek qilib va 80 g ini esa yirikroq qilib maydalang.

Un, yumshatgich va tuzni aralashtiring.

Yumshatilgan sariyog‘ni shakar bilan kombayn yordamida aralashtiring. Aralashtirish davomida maydalangan hamma yong‘oqlarni ham qo‘shing.

Kombaynni o‘chirmasdan tuz va yumshatgich qo‘shilgan unni oz-ozdan va 2 ta tuxum sarig‘ini qo‘shing.

Tuxumlar oqini blender yordamida qattiq ko‘pik holiga keltiring.

Tuxumlar oqining 1/3 qismini xamirga yaxshilab aralashtirgan holda, qolgan qismini esa ichidagi havosini saqlagan holda ehtiyotkorlik bilan qo‘shing .

Qolgan yog‘ni formaga suring va xamirni joylang.

Duxovkada 35—50 daqiqa davomida pishiramiz. Pishish vaqti forma va duxovkaning kattaligiga bog‘liq. Tayyor bo‘lganini bilish uchun yog‘och cho‘p yordamida tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

Manba: “Edimdoma.ru”