Huquq-tartibot idoralari xodimlari Sergeli tumanida sodir etilgan o‘g‘rilikni fosh etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Xabarnomada aytilishicha, 21-yanvar kuni taxminan soat 08:00 larda Sirojiddinov Sirojiddin Alijon o‘g‘li va Samatov Abdullox Ubaydullo o‘g‘li Sergeli tumani hududida joylashgan avtomashina ehtiyot qismlari do‘konida bo‘la turib, uning egasi Xoshimov Jasur Aminovich mazkur do‘kondan chiqib ketganligidan foydalanib, unga tegishli 1815000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagan.
Holat yuzasidan JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.
Izoh (0)