Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mehnat migratsiyasini to‘xtatish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Mahalliy davlat organlari haqidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishida davlat rahbari bu borada fikrlarini aytib o‘tdi.
U gubernator bo‘lgan paytlari mehnat migratsiyasini to‘xtata olmaganini aytdi va endi mintaqalarni rivojlantirishga va’da berdi.
U muvaffaqiyatli chorvachilik tashabbuslarini yodga olib, boshqalarga ham mol boqish bilan shug‘ullanishni maslahat berdi.
“Uch-to‘rt mol oilani boqish imkonini beradi, seleksiyaga ham e’tiborli bo‘lish kerak. To‘rt moling bo‘lsa, sutkasiga 60 litr sut olish mumkin, uni 20 somdan sotib, kuniga 1200 som yoki oyiga 36 ming som ishlash mumkin. Bu muhojirlar daromadiga teng pul”, — ta’kidladi Jeenbekov.
Izoh (0)