O‘zbekiston U23 terma jamoasi Xitoydagi Osiyo Chempionatining finaliga yo‘l olgach, ayni paytda Parijda bo‘lib turgan O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov “Daryo” uchun eksklyuziv intervyu berdi.
Tarixiy natija: O‘zbekiston U23 termasi Janubiy Koreyani yengib, Osiyo Chempionatining finaliga yo‘llanma oldi
Uchrashuvni Parijdan tomosha qilishimizga to‘g‘ri keldi. Toshkentga qaytishimiz oldidan yigitlarimizning tarixiy natija qayd etib, finalga yo‘l olgani — kayfiyatimizni ko‘tarib yubordi.O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor bitta turnirda ham Xitoy, ham Yaponiya va ham Janubiy Koreyani taslim qilishga erishdi.Biroq bu hali hammasi emas. Ko‘zi yonib turgan futbolchilarimiz finalda ham shunday tempda to‘p surib, qit’a chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishlariga ishonaman.
Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti
Natijadan juda xursandman. Bu tasodifiy g‘alaba emasligi kishini ikki karra xursand qiladi. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, yigitlarimizda ishtiyoq juda baland. Bu futbolchilarimiz uyg‘onayotganidan darak bo‘lsa, ajab emas. Axir biz Yaponiya, Janubiy Koreya kabi termalarni yirik hisoblarda mag‘lub etmoqdamiz. Ba’zida shunday, muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol o‘ynab, yakunda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham olqishlanadi. Muhimi, futbolni yurakdan o‘ynash. Men so‘nggi ikki bellashuvda shuni ko‘rdim.Xitoydagi turnir Tokio—2020 Olimpiadasi uchun yo‘llanma bermasdi. Shunday bo‘lsa-da, O‘FF Ravshan Haydarov jamoasi oldiga chempionlik vazifasini qo‘ygandi.Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti
Ha, biz Olimpiadaga yo‘llanma olmayapmiz. Ammo aytishim kerakki, buning uchun oldinda qator ishlarni amalga oshiramiz va yana bir tarixiy natija qayd etishga bor kuchimiz bilan intilamiz.Osiyo Chempionati U23’ning final o‘yini 27-yanvar kuni Vyetnamga qarshi bo‘lib o‘tadi.Biroq so‘nggi vaqtlarda muxlislarning ko‘ngli o‘zbek futbolidan biroz qolgandek ko‘rindi. JCh—2018 saralashidagi muvaffaqiyatsizlik hammamizga qattiq ta’sir qildi. Xitoydagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishimiz, muxlislarga umid berishi mumkin edi. O‘rtaga nima tikilgan bo‘lmasin, har qanday g‘alaba ishqibozlarimizni xursand qilmay qo‘ymaydi. Va yilning mana shunday yuqori notada boshlanishi, uning shunday davom etishiga zamin yaratishi mumkin. Buning uchun jamoamizga rahmat. Ammo qaytaraman, bu hammasi emas. Osiyoda tengsiz bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermasligimiz kerak.
Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti
Izoh (0)