O‘zbekistonda bugungi kunda 15 million internet foydalanuvchilari bor, ularning 80 foizi mobil internetdan foydalanadi. Bu haqda Intarget.uz kompaniyasi “Milliy marketing markazi” assotsiatsiyasi bilan hamkorlik doirasida tayyorlagan internet-statistikada aytiladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.

Foto: “Mobinfo.uz”

Statistikaga ko‘ra, www.uz versiyasi bo‘yicha O‘znetdagi eng ommabop saytlar o‘nligida www.daryo.uz yangiliklar sayti yetakchilik qilmoqda. 2018-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra, ushbu sayt tashrifchilari soni sutkasiga 330 mingtani tashkil qilgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni www.kun.uz va www.stadion.uz egalladi.

O‘zbekistonda mobil internet foydalanuvchilari orasida eng ommabop operatsion tizim Android (58 foiz) bo‘ldi. Ommaboplik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Symbian (14 foiz), uchinchi o‘rinda esa iOS (10 foiz) joylashdi.

O‘zbekistondagi mobil internet foydalanuvchilari tutadigan telefonlar rusumlari bo‘yicha statistikaga ko‘ra esa, birinchi o‘rinda Samsung (42%), ikkinchi o‘rinda “boshqa vendorlar” (19,8%), uchinchi o‘rinda esa Nokia (16,44%) telefonlari joylashdi.