“O‘zbekkino” milliy agentligida kinoindustriya sohasida taniqli xalqaro ekspert Birgit Bemers bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston kinosi tarixidan yaxshi xabardorman. Uning bugungi holati bilan yaqindan tanishib, rivojiga o‘z hissamni qo‘shish niyatidaman. Ma’lumki, YuNESKO tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘zbek kinematografiyasini yanada rivojlantirish borasida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Maqsad — yurtingizda kinoindustriya sohasi samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.YuNESKOning mazkur tadqiqot natijalari joriy yilning 24–25-yanvar kunlari poytaxtda bo‘lib o‘tadigan davra suhbatida muhokama etiladi. Shuningdek, yosh kinoijodkorlar uchun kinoloyihalari ishlab chiqarishga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar-trening ham tashkil etiladi. Seminarda B. Bemers xonim yoshlarga mahorat darslari o‘tadi.Birgit Bemers
Izoh (0)