Belarus favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimir Vashenko O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘rayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Kadr: YouTube

Vladimir Vashenko Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati hududidan o‘tuvchi Chimkent – Samara avtomobil yo‘lida yo‘lovchi avtobusining yonishi natijasida O‘zbekiston fuqarolarining qurbon bo‘lganligi munosabati bilan Belarus respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi nomidan hamdardlik bildirdi.