Aqto‘beda halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikning yarmidan ko‘pi namanganlik edi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Kadr: YouTube

Qurbonlarning 10 nafari To‘raqo‘rg‘on tumanining Katta Qurama mahallasidan. Ular orasida 28 yoshli Zayniddin Sulaymonov ham bor edi.

“O‘g‘lim, Zayniddinim yaxshi bola edi. Dada, ozgina ishlab kelay, oilamni tiklay, shunga harakat qilyapman, dedi. Men ham ruxsat beribman. Xom sut emgan banda ekanmiz-da. Fotiha berib, yaxshi niyatlar qilib, oilamiz bilan kuzatgandik. Hammaga rahmat, musibatimizni bildirmay, birdek kelib, hol-ahvol so‘rab turishibdi”, — deydi Jakbarali ota.

Kadr: YouTube

Eslatib o‘tamiz, 23-yanvar, seshanba kuni tongda Namanganga FVV samolyoti qo‘ndi. Aqto‘beda halok bo‘lganlarga janoza o‘qilib, qabrlarga qo‘yildi.