23-yanvar, seshanba kuni tongda Namangan xalqaro aeroportiga Aqto‘beda halok bo‘lganlarning tobuti ortilgan FVV samolyoti kelib qo‘ndi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Samolyotda fojia qurboni bo‘lgan vodiyliklarning jasadi keltirildi. Ulardan 31 nafari Namangan, 16 nafari Farg‘ona va 2 nafari Andijon viloyati fuqarolari. Aeroportda uch viloyat hokimlari, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari hozir bo‘ldi. U yerdan nari tobutlar viloyatlarga olib ketildi.

Foto: “Daryo”

Tobutlar avval qurbonlarning oilalariga yetkazildi. Vidolashuvdan so‘ng janoza namozlari o‘qildi. Namozlar ayrim joylarda masjidlarda, boshqa joylarda qabristonlarda ado etildi.

Foto: “Daryo”

Shundan so‘ng marhumlar qabristonlarga qo‘yildi. Ulamolar ularning haqiga duo qildi. Hozirda marhumlarning xonadonlariga ta’ziya bildiruvchilar oqimi kelib turibdi.

Foto: “Daryo”