SpaceX kompaniyasi AQSh hukumati tomonidan ishlarning to‘xtatilgani sababli Falcon Heavy raketasining sinovini ortga suradi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

Sinov o‘tkaziladigan 45-kosmik qanotning asosiy xodimlari vaqtincha ishdan chetlatilgan. Qanot esa olovli sinovlarni ko‘tara olmaydi.

NASA yaqin ikki hafta ichida kamida ikki marta ochiq kosmosga chiqishni rejalashtirgan, ular hukumat ishlarni to‘xtatgan bo‘lsa ham, bekor qilinmaydi.

Ilon Mask Falcon Heavy’ning parvozi yanvar oyida amalga oshirilishini e’lon qilgan. Bir vaqtning o‘zida SpaceX yo‘ldoshlarni ham uchirishi kerak, bu esa 30-yanvarga belgilangan. Hukumat tomonidan ishlarning to‘xtatilgani bu sanaga ta’sir qilmasligi mumkin.

AQSh hukumati 20-yanvarda moliyaviy manbalarning yetishmasligi sababli kosmik sohadagi ishlarni to‘xtatgan.