Amerikaning Rocket Lab kompaniyasi dunyodagi yagona o‘ta yengil klassdagi raketa Electron yordamida ilk bor foydali yuklamani muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda Kompaniya Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: AP

Raketa 2018-yilning 21-yanvarida Yangi Zelandiyaning Shimoliy oroli sohilida joylashgan Launch Complex 1 maydonchasidan uchirildi. Orbitaga Dove Pioneer (Planet kompaniyasi uchun) va ikki Lemur-2 (Spire Global manfaatlari uchun) xususiy nanosputniklari olib chiqildi.

Electron raketasi kompozit materiallar va uch o‘lchamli chop etish texnologiyasi qo‘llanilib yaratilgan. Bu mazkur tashuvchini tezkor ishlab chiqarish va uchirish imkonini beradi. Ikki bosqichli o‘ta yengil Electron raketasi 250 kilogrammgacha og‘irlikdagi foydali yuklamani yer atrofidagi quyi orbitaga olib chiqishga mo‘ljallangan. Raketa parvozi qiymati 6,6 million dollardan oshmaydi.