Amerikaning Michigan shtatida CNN telekanali shtab-kvartirasiga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilgan mahalliy fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda WGCL-TV xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Erkak telekanal shtab-kvartirasiga 22 marta qo‘ng‘iroq qilgan va barcha xodimlarni otib tashlash bilan tahdid qilgan.
“Soxta yangiliklar. Barchangizni otib tashlayman”, — deya tahdid qilgan amerikalik qo‘ng‘iroqlarida.
Politsiyachilar qo‘ng‘iroq qiluvchi joylashgan joyni aniqlab, uni qo‘lga oldi. U hibsda saqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp yolg‘on yangiliklar tarqatuvchi OAV reytingini tuzganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)