Suriyaning Afrin tumanida rasmiy Anqara tomonidan o‘tkazilayotgan “Zaytun butog‘i” operatsiyasi chog‘ida ikkinchi turkiyalik harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bayonot berdi, deb xabar qildi “RIA Novosti”.
Oldinroq turkiyalik bir harbiy halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
“Operatsiya chog‘ida mening yerdoshim (ya’ni antaliyalik), leytenant Og‘uz Qaan Ustuni yo‘qotdik. U vatani uchun hayotini berdi”, — deb yozdi Chovusho‘g‘li Twitter’dagi sahifasida.
“Biz terrorning ildizini qo‘porib tashlamagunimizcha unga qarshi kurashni davom ettiramiz”, — qo‘shimcha qildi vazir.
Izoh (0)