“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov qoraqalpog‘istonlik san’atkorlar bilan uchrashdi, deb xabar beradi “KRuz.uz”.

Foto: “KRuz.uz”

Tadbirda “O‘zbekkonsert”ning konsert tomosha faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Sayfullayev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri Polat Aytmuratov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda litsenziya masalasi alohida muhokama qilindi. Litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan san’atkorlarga qat’iy chora ko‘rilishi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, talaba san’atkorlarga 1 yillik imtiyozli litsenziya berilishi ham aytib o‘tildi.

Xabarda qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istonda litsenziya olgan ijodkorlar 67 nafarni tashkil etadi.