Kobuldagi (Afg‘oniston) mehmonxonaga jangarilarning hujumi oqibatida Qozog‘iston fuqarosi halok bo‘ldi, deb yozadi Kazakhstan Today.
“Qozog‘iston fuqarosi bugun jangarilarning Kobuldagi Intercontinental mehmonxonasiga hujumi oqibatida halok bo‘ldi. Uning qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, — deb yozdi Qozog‘iston TIV matbuot xizmati rahbari Facebook’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar kuni qurollangan jangarilar Afg‘oniston poytaxtidagi besh yulduzli Intercontinental mehmonxonasiga hujum qildi. Hujum 17 soatdan ortiq davom etdi va bostirildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 18 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)