Facebook korporatsiyasi Yevropa Ittifoqida uchta markaz ochishni rejalashtirmoqda. U yerda istovchilar turli axborot texnologiyalarini qo‘llashga o‘rgatiladi. Bu haqda kompaniya operatsion direktori Sheril Sandberg Reuters agentligiga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Raqamli inqilob sharoitida insonlar e’tiborsiz qolmoqda. Kishilar raqamli iqtisodiyotda to‘laqonli ishtirok etishda zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun raqamli texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga investitsiya kiritishni istaymiz”, — deya aniqlik kiritadi u.
Mazkur markazlar Ispaniya, Polsha va Italiyada paydo bo‘ladi. Ularda ikki yil davomida millionga yaqin odam o‘qitilishi rejalashtirilmoqda. Keksalar, yoshlar va qochoqlarga alohida e’tibor ajratiladi. Dasturga media sohasini o‘rganish va internetdan xavfsiz foydalanish kursi kiritilishi kutilmoqda.
Izoh (0)