Edinburglik er-xotin Mark va Shirli sakkiz yilga yaqin Ispaniya janubidagi an’anaviy g‘or uyda yashagan, deb yozadi Travel Ask. Ularga bunday boshpana shunchalik ma’qul keldiki, er-xotin shunday konstruksiyali mehmonxona qurishga qaror qildi.
Buning uchun ular “g‘orlar mamlakati” sifatida mashhur bo‘lgan Andalusiyadan 25 ming yevroga yer sotib oldi va yana 50 ming yevroga uni ta’mirdan chiqarib, “zindon”ni yoqimli va shinam mehmonxonaga aylantirdi.
Uchta xonadan iborat mehmonxona hududini ko‘kalamzorlashtirish va hashamatli basseyn qurish uchun yana taxminan 20 ming yevro sarflandi. Cuevas Helena deb nomlangan mehmonxona allaqachon mehmonlarni qabul qilishni boshlab yuborgan.
Izoh (0)