Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi doirasida Hakim Termiziy maqbarasiga ziyorat chog‘ida Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobus yong‘inida halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlikning o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanini aytib, ularning yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

Mana kecha bo‘lgan falokatlar ham ko‘p narsadan, jumladan xalqimizning oldida qarzimiz juda-juda ko‘pligidan dalolat beradi. Odamlarimizga sharoit yaratmaganimiz uchun ular begona yurtlarga borib, ish qidirib yuribdi. Bu davlat rahbariyati, hamma tizimdagi rahbarlar eng katta xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilmaganidan dalolat.

“Begona yurtlarda sarson-sargardon yurish” degan gap bekorga emas. U bechoralarning ham Xudodan umidi bor, ne umidlar bilan bolamni boqaman, otamga pul olib kelaman deb yosh-yosh yigitlar ketyapti. Yosh-yosh yigitlar… Hammasi o‘zbekistonliklar. Albatta, biz juda katta qayg‘udamiz… Ota-onalariga hamdardlik.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: - FVV Qozog‘istonda yonib ketgan 49 o‘zbekistonlikning ism-sharifini e’lon qildi, - Qozog‘iston—Rossiya yo‘lida 77 o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan uch hodisa. Asosiy ma’lumotlar