Fransiyaning Zapata kompaniyasi ixtirochi Frenki Zapata rahbarligida Zapata Ezfly nomli uchar segvey namunasini taqdim etdi. Segvey Flyboard Air xoverbordi asosida yaratilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Sinov 2017-yilning oktabr oyida AQShning Texas shtatida bo‘lib o‘tgan. Segveyni navbat bilan 10 kishi sinab ko‘rgan. Sinov guruhidagi bir necha kishi harbiy kiyim kiygan edi. Bu AQSh mudofaa vazirligi shaxsiy uchar apparatlari bilan qiziqayotgani bilan izohlangan.

Yaratuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, segvey havoda uch kilometrgacha ko‘tarila oladi va 150 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Qurilmaning maksimal uchish vaqti 10 daqiqani tashkil qiladi.