Turkiya harbiy qo‘mondonligi Suriyaning Afrin shahrida janglarni yuqori aniqlikdagi qurolni qo‘llab olib borish taktikasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda 19-yanvar, juma kuni HaberTurk gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabi janglarni shahar sharoitlarida olib borish taktikasiga e’tibor qaratib, operatsiyalar o‘tkazish dastlabki rejasini qayta ko‘rib chiqdi.
Qo‘mondonlik birinchi bosqichda Afrinda faol qarshilik tahdidini ko‘rmayapti. Ularning fikricha, qurollangan guruhlar shahar kvartallari ichkarisida o‘t ochish nuqtalariga joylashib olishga harakat qiladi. Bosh shtab ularni zararsizlantirish uchun lazer yordamida nishonga oluvchi aviatsiya va raketalardan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)