Rio-de-Janeyroning Kopakabana plyajida avtomobilning odamlar ustiga yurib ketishi oqibatida kamida 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda Jornal do Brasil xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Hodisa 18-yanvar kuni yuz berdi.
Rio-de-Janeyro davlat harbiy politsiyasi o‘z bayonotida hodisani terakt deb hisoblamasligini ma’lum qildi.
“Kopakabanadagi hodisa terrorchilik hujumi bo‘lmasdan, haydovchi avtomobil vositasini boshqarishda nazoratni yo‘qotganligi bilan bog‘liq jiddiy halokatdir. Oqibatda mashina qirg‘oqdagi 15 kishiga urilgan”, — deyiladi bayonotda.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, avtomobil haydovchisi qo‘lga olingan va u tutqanoqdan aziyat chekishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)