Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Payariq tumanlarida bo‘lib o‘tayotgan Qur’on musobaqasining hududiy bosqichlarida kuni kecha, 18-yanvar kuni Qur’on tilovatlari qilinib, marhumlarning haqqiga bag‘ishlandi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati. Bunday savobli ishlar shu kunlarda ham davom ettirilmoqda.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Kecha, 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan, ko‘plab o‘zbekistonliklar o‘limiga olib kelgan fojia munosabati bilan halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildirilmoqda. Ushbu sodir bo‘lgan fojia sabablarini o‘rganish uchun O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida tashkil etilgan Maxsus hukumat komissiyasi ayni vaqtda Qozog‘istonda bo‘lib turibdi.