Qozog‘istonning Aqto‘be shahriga maxsus bort bilan Toshkentdan 52 nafar o‘zbekistonlikning avtobus yong‘inidagi halokatini tekshirish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vaziri Ravshan Jo‘rayev rahbarligidagi O‘zbekiston hukumat komissiyasi yetib keldi, deb yozadi “Interfaks” O‘zbekiston elchisi Shuhrat Koshaboyevga tayanib. Ular jabrlangan fuqarolar va ularning qarindoshlariga har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda.

Foto: “TASS”

“Shu kuniyoq Aqto‘be viloyati hokimligida viloyatda avtobus yonib ketishi holatini tekshirishni tashkil qilish bo‘yicha Qozog‘iston hukumat komissiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi”, — dedi elchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avtobus yo‘nalishi, marhumlarning Rossiyaga jo‘nashdan maqsadi va favqulodda holatning aniq sabablari tekshirilmoqda. “Marhumlarning jasadlari 19-yanvar oxirigacha Aqto‘beda sud-tibbiy ekspertizaga yetkaziladi”, — dedi diplomat.

“Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar orasida voyaga yetmagan bolalar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar orasida ayollar yo‘q”, — dedi u.