Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda va Leningrad viloyatida ishchi dasturi tugagach, 18-yanvar, payshanba kuni Tver viloyatiga jo‘nab ketdi, u yerda Nilo-Stolobenskiy erkaklar monastiriga tashrif buyurdi, shuningdek, Seliger ko‘lida muz o‘yig‘iga tushib, cho‘qintirish bayramida qatnashdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib.

Foto: “RIA Novosti”

“Kreshcheniye bayrami munosabati bilan Putin liturgiyada qatnashdi, shuningdek, Seliger ko‘lida cho‘qintirish cho‘milishlarida ishtirok etdi”, — dedi u.

Matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, bu yil markaziy Rossiyada an’anaviy chilla sovuqlari kuzatilmayapti, shu sababli “ko‘l atrofida harorat bu kecha minus 6—7 darajadan pastga tushmagan”.

Peskov Putin uchun bu birinchi marta emasligini, u ko‘p yillardan buyon muz o‘yig‘iga tushib cho‘milib kelishini aytdi.