23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining birinchi chorak final o‘yini 1 daqiqalik sukut bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston va Yaponiya termalari maydonga chiqqandi.

Kadr: Sport-TV

Qozog‘istonda avtobusda yonib ketgan o‘zbekistonliklarning birlamchi ro‘yxati e’lon qilindi: ularning barchasi namanganlik

Kecha — 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida 52 nafar o‘zbekistonlik fuqaro avtobusning yonib ketishi oqibatida halok bo‘lgandi. Shu munosabat bilan o‘zbekistonlik futbolchilar maydonga qora tasma taqib chiqib kelishdi. O‘yin starti avvalida esa stadionda 1 daqiqalik sukut e’lon qilindi.