Yozuvchi Stiven King asarlarining noyob nusxalari, shu jumaladan, qo‘lyozmalari AQShning Men shtatida joylashgan kitob do‘konlaridan biridagi yerto‘lada quvur yorilishi oqibatida zararlangan yoki butunlay yo’q bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Hodisa Bangor shahrida yuz bergan. Zararlangan do‘kon xo‘jayini bir yildan ko‘proq vaqt davomida Kingning kitoblar kolleksiyasini ko‘rgazmaga qo‘ygan va sotgan. 20 yil davomida yig‘ilgan kolleksiyaning asosiy qismi yerto‘lada saqlangan.

Do‘kon egasi hanuzgacha zararni hisoblamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kingning yettita mualliflik qo‘lyozmasi butunlay yo‘q bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, nafaqat mazkur do‘kon egasi, balki qo‘shni do‘kon ham zarar ko‘rgan. Unga yetgan zarar miqdori 50 ming dollarni tashkil qilgan.