Isroildagi Amerika elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishi bir yilda yuz bermaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Amerika prezidenti shu yo‘l bilan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bayonotiga izoh berdi. Netanyaxu dipmissiya bir yil ichida ko‘chirilishini bildirgan edi.
Trampning so‘zlariga qaraganda, Vashingtonda bunday variant ko‘rib chiqilmayapti.
Izoh (0)