Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi YTH ko‘plab o‘zbekistonliklarning halok bo‘lishi munosabati bilan telefon orqali ta’ziya izhor qildi. Bu haqda Anadolu agentligi ma’lum qildi.

Foto: Anadolu

Xabarda ta’kidlanishicha, Erdo‘g‘on fojia oqibatida halok bo‘lganlarga Allohdan rahmat tilab, jabrlanganlar tuzalib ketishiga umid bildirgan. Turkiya qayg‘uli kunda O‘zbekiston bilan birga ekanligini ta’kidlagan.

Oldinroq Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari Nursulton Nazarboyev va Sooronbay Jeenbekov o‘z hamdardliklarini bildirgan edi.