Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan YTHda 50 dan ortiq o‘zbekistonlikning halok bo‘lishi munosabati bilan chet davlatlar rahbarlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga ta’ziya maktublari kelmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Oldinroq Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston rahbarlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Nursulton Nazarboyev va Sooranbay Jeenbekov o‘z ta’ziyalarini bildirgan edi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan yo‘llangan samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlari bitilgan maktublar keldi.

Hamdardlik nomalari kelishi davom etmoqda.