O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev 19-yanvar kuni vataniga qaytib keladi. Bu haqda bokschining o‘zi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Shohjahon Ergashev faoliyatidagi barcha janglarida zafar quchgan Soni Fredriksonni qanday mag‘lub etdi? (video)

Prof ringdagi so‘nggi jangini Soni Fredriksonga qarshi o‘tkazib, raqibini 3-raunddayoq taslim qilgan Ergashev ayni paytda Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib turibdi. U karyerasidagi ketma-ket 10 ta jangni aynan Rossiyada o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgandi. Shundan keyin AQShning Showtime kompaniyasi Ergashev bilan shartnoma tuzdi va bokschi okean ortigadi ikki jangida ham raqiblarini muddatidan oldin taslim qildi.

Ergashev O‘zbekistonda qancha vaqt davomida bo‘lishi ma’lum emas. U ota uyiga boradi, yaqinlari bilan ko‘rishadi va hujjatli masalalarini hal qilib, navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko‘rish uchun yana Amerikaga jo‘nab ketadi.

Shohjahon Ergashev o‘zi ham kutmagan bir holda Soni Fredriksonning jag‘ini sindirib qo‘ygan