Ikkinchi avlod Nokia 6 hamda Nokia 7 smartfonlari uchun Android Oreo’gacha rasmiy yangilanma chiqarildi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Foto: Android

Yangi operatsion tizim qurilmaning ishlash tezligini oshiradi, energiya sarfini qisqartiradi, shuningdek, xavfsizlikni oshiradi. Nokia 6 (2017) uchun yangilanma ham tez orada paydo bo‘ladi, ayni paytda kompaniya ushbu qurilma uchun Oreo’ning beta-versiyasini sinovdan o‘tkazmoqda.

Shuningdek, taxminan ikki oy avval HMD Global Nokia 8 flagman smartfoni uchun Android 8.0 Oreo yangilanmasini chiqargan edi. O‘tgan oyda Nokia 5 uchun Android Oreo beta-versiyasini sinovdan o‘tkazish ham boshlangan.