Osiyo Chempionlar Ligasining pley-off o‘yiniga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘zining uchinchi nazorat o‘yinida ham g‘alabaga erishdi. Bunga qadar Turkiya quyi ligasi vakillaridan ustun kelgan Shota Arveladze jamoasi, endilikda Albaniyaning “Partizan” jamoasini taslim qilishga erishdi.
“Paxtakor” yana bir turk klubini mag‘lub etdi. Aleksandr Lobanov bu safar ham penalti qaytardi
Hisob albaniyaliklar tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, keyinroq “paxtakorchilar” 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur bellashuvda Aleksandr Lobanov qo‘riqlayotgan darvozaga va nihoyat penalti tayin qilinmadi.“Paxtakor” Turkiya 3-ligasi vakilini taslim qildi. Lobanov bir emas, 2 ta penalti qaytardi
O‘rtoqlik o‘yini Belek, Turkiya 15-yanvar, dushanba“Paxtakor” — “Partizan” (Albaniya) 3:1
Gollar: Asani, 10 (0:1). Tiagu Bezerra, 17-pen (1:1). Azim Ahmedov, 34 (2:1). Jasur Hakimov, 46 (3:1).“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov — Vladimir Kozak (Stanislav Andreyev, 68), Marko Simich (Kamoliddin Tojiyev, 68), Sherzod A’zamov (Akbar Ismatullayev, 68), Akmal Shorahmedov (Farrux Cayfiyev, 68), Dilshod Rahmatullayev (Sobit Sindarov, 68), Azim Ahmedov (Ahmadov, 68), Jaloliddin Masharipov (Doston Ibrohimov, 68), Jamshid Iskanderov (Gidi Kanyuk, 68), Bahrom Abdurahimov (Ibrohim G‘anixonov, 68), Tiagu Bezerra (Jasur Hakimov, 46).
Izoh (0)