Isroil yil yakuniga qadar HAMAS radikal harakati tomonidan qazilgan va G‘azo sektoridan yahudiy davlati hududiga eltuvchi barcha tunnellarni buzishni yakunlaydi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Knessetdagi (parlament) majlisda ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“2018-yil yakuniga qadar barcha bu kabi tunnellar yo‘q qilinadi”, — deya ishontirdi u.
Bundan tashqari, harbiy boshqarma rahbari G‘azo sektori bilan chegarada HAMAS diversion tunnellari muammosini hal qiluvchi yerosti to‘siq inshootining qurilishi davom ettirilishini bildirdi.
14-yanvar kuni Isroil harbiylari, HAMAS aktivistlari tomonidan qazilgan, yahudiy davlatining janubiy hududidan o‘tuvchi va G‘azo sektorini Misr hududi bilan tutashtiruvchi yerosti o‘tish yo‘lini yo‘q qildi.
Izoh (0)