Ispaniyalik pediatr Karlos Gonsalesning “Mening farzandim yeyishni xohlamaydi” nomli kitobi allaqachon bestsellerlar ro‘yxatidan joy olgan. Biz siz uchun kitobdagi bolalar va ovqatlar haqidagi qiziqarli parchalarni to‘pladik.

Foto: Shutterstock

Bolani doim tarozida tortish

“Agar bola to‘ymayotgan yoki semirish kasaliga yo‘liqqan bo‘lsa, siz shunday ham buni ko‘ra olasiz”, — deydi Gonsales. Vazn to‘plash o‘rtacha ko‘rsatkichlardan farq qilishi mumkin: ba’zi bolalarda o‘sish o‘ziga xos kechadi. Agar tahlillar me’yorida bo‘lsa, xavotirlanish uchun sabab yo‘q!

Shirinliklar berish

Shirin va tuzli ta’m miyani aldash va organizmga kerak bo‘lmasa ham ko‘proq yeyishga majbur qilish xossasiga ega.

Yeyilganlarni hisoblashda ona sutini yoki sun’iy ovqatni qo‘shmaslik

Agar bola sutni butilka yordamida ko‘p ichayotgan bo‘lsa va quyuq ovqat uchun deyarli joy qolmayotgan bo‘lsa, yaxshisi go‘dakni piyolaga o‘rgatish kerak.

Ovqatlanayotganda  mashg‘ul qilish

Gonsales ovqatlanish vaqtidagi multiklar, qo‘shiq-raqslar kabi ko‘ngil ochar o‘yinlarni qo‘pol pedagogik xato deb ataydi. Buning ustiga ovqatlarni “avtomatik” ravishda yeyish katta bo‘lganda stresslar va semirib ketishning shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Ovqat bilan rag‘batlantirish va jazolash

Birinchidan, bu bilan siz bolani “tilyog‘lamalik va muvofiqlashish”ga o‘rgatasiz: o‘zini to‘g‘ri tutish ota-onaning maqtovidan tashqari hech qanday rag‘batlantilmasligi kerak. Ikkinchidan, ismaloqdan jirkanish va shokoladni ko‘rganda quvonishning shakllanishi sizga faqat muammo qo‘shadi.

Bolani yeyishga majbur qilish

Bugun qancha tvorog yoki sabzi bo‘tqasi yeyish kerakligini bolaning o‘zi biladi. Agar idishda yana ikki qoshiq qolgan bo‘lsa, buning hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘q. Va hatto agar bola ma’lum bir mahsulotni umuman rad qilayotgan bo‘lsa ham!

Manba: “Detstrana.ru”